O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti IHT sammitida nutq so‘zladi

"Bugungi kunda barchamiz global va mintaqaviy vaziyatning tobora murakkablashib borayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Bunday o‘zgaruvchan sharoitda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy saʼy-harakatlarimizni birlashtirish zarur, deb hisoblaymiz".

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti IHT sammitida nutq so‘zladi

 

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida davom etayotgan pandemiya taʼsirida jahon iqtisodiyoti rivojida qanday tendensiyalar kuzatiladi, xalqaro hamjamiyat yana qanday yangi xavf-xatarlarga duch keladi, degan savollarga hamon aniq javob yo‘qligini ham aytib o‘tgan.

 

Shuningdek, bunday o‘zgaruvchan sharoitda birgalikda harakat qilish kerakligini taʼkidlab, bir qator yo‘nalishlarni o‘rtaga tashlagan.

 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birinchi yo‘nalishda 500 milliondan ortiq aholi yashaydigan, ulkan bozorga ega bo‘lgan mamlakatlarimizning savdo va investitsiya sohalaridagi katta imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligi taʼkidlagan. Bunda savdo ko‘lamini oshirish, mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini yana-da kengaytirish maqsadlari nazarda tutilgan.

 

Ikkinchi yo‘nalish mintaqadagi mavjud va yangi transport yo‘laklaridan unumli foydalanish haqida bo‘lib, bunda mintaqalararo tranzit harakatini yana-da jadallashtirish maqsad qilingan.

 

“Bu rejalarni ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatlarimizning transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish va tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan mintaqaviy strategiyani ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir", - degan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.

 

Uchinchi yo‘nalish “yashil taraqqiyot”ga erishish uchun amaliy saʼy-harakatlarimizni safarbar etishimiz haqida bo‘lib, buning uchun xalqaro ekolog olimlar va ekspertlar ishtirokida yuqori darajadagi (ekologiya vazirlari) doimiy Muloqot kengashini tuzishni taklif etilgan.

 

To‘rtinchi yo‘nalishda esa sayyohlik almashuvlarini qayta tiklash masalasi ko‘tarilgan.

 

“Buxoro shahrida 2022 yili bo‘lib o‘tadigan turizm vazirlarining navbatdagi uchrashuvida pandemiyadan keyingi davrda Xavfsiz sayyohlikni rivojlantirish umummintaqaviy Dasturini qabul qilish tashabbusini bildirmoqchiman.

Shu asosda “ziyorat turizmi” va boshqa qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqish, aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilgan bo‘lar edi”, - degan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti IHT sammitida nutq so‘zladi | Zamon.uz