O'zbekiston

10 qavatli yangi tibbiyot markazi quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-noyabr kuni onkologiya va endokrinologiya tibbiyot markazlari qurilishiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

10 qavatli yangi tibbiyot markazi quriladi

Xabaringiz bor, joriy yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unda Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazi uchun yangi zamonaviy binolar qurilishi va jihozlash belgilangan edi.

 

Shundan so‘ng xorijiy klinikalarning ilg‘or tajribasi, shifokor va bemorlar uchun barcha sharoitlar hisobga olinib, loyiha ishlab chiqildi. O‘tgan galgi taqdimotlarda bildirilgan fikrlar asosida u yana-da takomillashtirildi.

 

Yangi bino 10 qavatli bo‘ladi. 3 qavatli yerosti qismida radiologiya va nur terapiya, pozitron-emission tomografiya, radioizotop tekshirish kabi bo‘limlar joylashtiriladi. Markazda immunoterapiya, target terapiya, chiziqli tezlatkich yordamida va stereotoksik nur terapiya, radioxirurgiya kabi yangi davolash uslublari joriy etiladi. Ushbu yangi bino Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi hududida quriladi.

 

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasi negizida yangi majmua barpo etish rejalashtirilgan. Bu markazning sharoitlarini yaxshilab, xizmatlar turini kengaytiradi. Xususan, bugungi kunda endokrinologiya markazida 14 ta bo‘lim bo‘lsa, yangi majmuada yana 14 ta bo‘lim ochish uchun imkoniyat yaratiladi.

 

Prezident qurilish loyihalarini maʼqullab, endi ish tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va tibbiy xizmat sifatiga eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidladi. Markazlarga xorijdan mutaxassislar jalb etish, shifokorlarni jahon tibbiyoti yutuqlari asosida qayta o‘qitish, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ushbu respublika markazlarini qurish bilan birga hududlardagi dispanser va poliklinikalarda sharoitlarni yaxshilash, zamonaviy tashxis uskunalari yetkazib berish, shifokorlar malakasini oshirish muhimligi qayd etildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.