Olti nafar o‘zbekistonlikni qullikka sotgan shaxs ushlandi
U 2019-yildan beri davlatlararo qidiruvda bo‘lgan.

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosini qullikka sotib yuborgan boshqa bir o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
2014-yilda mazkur jinoyatchi olti nafar fuqaroni Qozog‘istonda yuqori maoshli ishga joylashtirishni vaʼda qilib, O‘zbekistondan olib chiqib ketgan. Olma-otada u vatandoshlarining pasportlarini olib, boshqa shaxsga berib yuborgan. Yetti oy erkaklar og‘ir sharoitlarda ishlashga majburlangan.
O‘zbekistonda odam savdosi bilan shug‘ullangan shaxs 2015-yilda besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2019-yilda sud qarori bilan jazoning o‘talmagan qismi shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirildi. Shartli ozodlikka chiqqan aybdor Qozog‘istonga qochib ketgan. U O‘zbekistonda qidiruvga berilgan. Hozirda sud qarori bilan erkak qamoqqa olingan, uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
Javohirbek Tursunov







