O'zbekiston

“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi

Hafta davomida havo harorati 22 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi

 

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va ochiq kun bo‘lishi kutilmoqda, tushdan so‘ng havo 12-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kechalari havo harorati 3-6 daraja iliqni tashkil etadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, 1-2 dekabrda janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, harorat kechalari 6-9 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu dekabr oyi boshi uchun bo‘lgan meʼyordan 8-11 darajaga yuqoridir.

 

Taʼkidlanishicha, faqat 2-dekabrda shimoliy hududlarga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 

3-dekabrda havo massalarining kirib kelishi respublikaning qolgan hududlariga tarqaladi. Ayrim hududlarda (shimol va Farg‘ona viloyatidan tashqari) biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-dekabrda harorat foni nisbatan pasayadi, lekin hali ham meʼyordan yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo harorati 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi | Zamon.uz