15 yoshli qizini ochlikda qoldirgan ona 5 yilga qamaldi
Qizcha topilganda vazni bor-yo‘g‘i 9 килограмм bo‘lgan.

Ukrainaning Krivoy Rog viloyatida shafqatsiz ayol nogiron farzandiga eʼtibor qaratmay och qoldirgani aniqlandi.
15 yoshli Bogdana tasodifan uy tekshiruvga kelgan politsiya xodimlari tomonidan topilgan. Ularning aytishicha qizcha sanitariya talablariga javob bermaydigan juda yomon sharoitda yashagan. Umuman yurmagan va gapirmagan. Uning to‘shagida hatto yoping‘ich ham bo‘lmagan.
Оnа esa og‘ir kasal bilan chalingan bolaga g‘amxo‘rlik qilish evaziga o‘z holiga tashlab qo‘ygan.
Maʼlum bo‘lishicha, 15 yoshli Bogdana “Daun” sindromi va "Miya falaji" (DSP) kasalli bilan tug‘ilgan. Oxirgi besh yil davomida bola doimo ochlikdan azob chekadi.
Qizcha yotgan xonada gaz va elektr bo‘lmagan. Onaning so‘zlariga ko‘ra, gaz va elektrdan qarzdorligi sabab o‘chirib ketilgan. Shu bois, qizcha doimiy qorong‘i xonada saqlangan.
Qo‘shnilarning aytishicha. qizning onasi va katta opasi hech qayerda ishlamagan. Butun oila uchun yagona daromad Bagdana uchun to‘lanadigan nogironlik nafaqasi bo‘lgan.
Qizcha darhol maxsus muassasaga joylashtirilgan. Shifokorlar qizni ko‘rikdan o‘tkazgach: "Agar unga o‘z vaqtida g‘amxo‘rlik qilinganida hozir qizning ahvoli ancha yaxshilangan bo‘lar edi", — degan fikrni bildirishgan. Qizga yaxshi ovqat, massaj va muolajalar tayinlandi.
Qiziga umuman qaramagan onaga esa nisbatan jinoiy ish ochilib, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Munojat Valiyeva






