AQSH Tinch okeanidagi harbiy bazalarini kuchaytirmoqchi
Maqsad — Xitoyga yanada samaraliroq qarshi turish.

AQSH mudofaa vazirligi o‘zining Guam va Avstraliyadagi harbiy obyektlarini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.
Gap Guam orolidagi aviabaza hamda Avstraliyadagi ayrim obyektlar xaqida ketmoqda. Vashington bu yerdagi infrastrukturani kuchaytirish niyatida. Maqsad – Xitoyga yanada samaraliroq qarshi turish.
Shu bilan birga bazalar keskin o‘zgarishga uchramaydi.
Dushanba kuni Pentagon olib borilgan tahlillar natijasida AQSHning Avstraliya bilan harbiy hamkorligi kengaytirilishini maʼlum qilgan. Mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari yordamchisi Mara Karlin Avstraliyada yangi qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar joylashtirilishi mumkinligi qayd etgan.
Avvalroq Pentagon Rossiyani AQSH va Yevropa uchun asosiy tahdid sifatida baholagani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev







