Jahon

“Tolibon” Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh viloyatida harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

Unga harbiy-havo kuchlari jalb qilingan.

“Tolibon” Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh viloyatida harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

 

“Tolibon” hokimiyatni egallagandan so‘ng, ilk bor harbiy-havo kuchlari mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bu haqda TOLOnews telekanali xabar berdi.

 

Mashg‘ulotlar mamlakat shimolidagi Balx viloyatida bo‘lib o‘tgan. Toliblar qo‘mondonlaridan biri Omonuddin Mansurning so‘zlariga ko‘ra, unga Mi-17 va AQSHning MD vertolyotlari jalb etilgan.

Shu bilan birga avvalgi hukumat davrida xizmat qilgan harbiy-havo kuchlari askarlari, ayniqsa, texnik xodimlar hozirda “Tolibon”ga xizmat qilayotgani qayd etilgan.

 

"Harbiy-havo kuchlarining butun shaxsiy tarkibi har qanday sharoit va ob-havoda uchishga shay holatda. Ular zarur vositalar yetishmasa-da, vertolyotlarni texnik soz saqlashyapti", — degan qo‘mondonlardan biri Muhammad Ahmadzay. Shuningdek, Omonuddin Mansur mamlakatdan chiqib ketgan uchuvchilarni Afg‘onistonga qaytishga chaqirdi.

Shu bilan birga, u tez orada toliblar barcha soz va nosoz vertolyotlar sonini bilish uchun aeroportlardan zarur maʼlumotlar to‘planishini maʼlum qilgan.

 

Avvalroq “Tolibon” aeroportlar masalasida Yevropa Ittifoqidan yordam so‘ragani xabar qilingandi 

 

Jahongir Qo'ziyev

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

“Tolibon” Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh viloyatida harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi | Zamon.uz