O'zbekiston

400 millionlik kreditni “uxlatgan” firibgar qo‘lga olindi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

400 millionlik kreditni “uxlatgan” firibgar qo‘lga olindi

 

Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. 

 

Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

 

Unga ko‘ra, mazkur tumanda istiqomat qiluvchi  “D.K.” MCHJ rahbari O‘.S. “S.Y.” shoʻba korxonasi rahbarining ishonchiga kirib, korxona mulkini firibgarlik yo‘li bilan kredit taʼminoti uchun garovga qo‘yadi. Oqibatda, bank muassasasidan 400 mln so‘m kredit olishga erishadi. Ushbu   kredit mablag‘ini boshqa xususiy korxonaga o‘tkazish orqali naqdlashtiradi va pullarning 50 mln so‘mini “S.Y.” korxonasi rahbariga beradi. Qolgan 350 mln so‘mini o‘zlashtirish yo‘li bilan o‘z shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborgani maʼlum bo‘ldi.

 

Ushbu holatga Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib  berishni vaʼda qilgan firibgar ushlangani hamda fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

400 millionlik kreditni “uxlatgan” firibgar qo‘lga olindi | Zamon.uz