O'zbekiston

O‘zbekistonda so‘nggi 3 yilda yo‘llar rekonstruksiyasi uchun qariyb 20 trillion so‘mlik mablag‘ sarf qilindi

Shu vaqt davomida 339,7 million dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, 497 km. uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari sementbeton qoplama bilan rekonstruksiya qilingan.

O‘zbekistonda so‘nggi 3 yilda yo‘llar rekonstruksiyasi uchun qariyb 20 trillion so‘mlik mablag‘ sarf qilindi

 

Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Matbuot xizmati xaba berdi https://t.me/MineconomyUz/2135.

 

Unga ko‘ra, yo‘l xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida respublika hududida 2018–2021 yillar davomida jami 19,8 trillion so‘m mablag‘ hisobiga 45,3 ming kmdan ortiq umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va xo‘jaliklararo ichki yo‘llarda qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash ishlari olib borilgan.

 

Jumladan:

 

A-380 “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” avtomobil yo‘lining 125 km qismi;

 

A-373 "M-39 avtoyo‘li–Guliston–Bo‘ka–Angren–Qo‘qon va Andijon orqali–O‘sh" avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 58 km qismi sementbeton qoplama qurgan holda rekonstruksiya qilingan;

 

M-39 “Olmaota–Bishkek–Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lining 115 km qismi asfaltbeton qoplama qurgan holda rekonstruksiya qilingan;

 

A-373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining 208–274 km qismini aylanib o‘tishda Sirdaryo daryosi ustiga 250 km uzunlikdagi ko‘prik qurilgan;

 

Toshkent viloyatining Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridan o‘tuvchi 19,2 km uzunlikdagi yangi yo‘nalishdagi avtomobil yo‘li qurilgan. Bundan tashqari, sohaga xalqaro moliya institutlari, jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasining o‘zaro hamkorlik faoliyati jalb qilingan. Shuningdek, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi hamda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari ham  respublikaning xalqaro koridorlarini rekonstruksiya qilishda ishtirok etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yo‘llar nosozligi haqidagi murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus platforma yaratilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda so‘nggi 3 yilda yo‘llar rekonstruksiyasi uchun qariyb 20 trillion so‘mlik mablag‘ sarf qilindi | Zamon.uz