Jahon

Rossiya Federal хavfsizlik xizmati mamlakatdagi  noqonuniy qurol savdosi bilan shug‘ullanadigan ustaxonalar faoliyatini to‘xtatdi

Ularda  350 dan ortiq qurol musodara qilindi.

Rossiya Federal хavfsizlik xizmati mamlakatdagi  noqonuniy qurol savdosi bilan shug‘ullanadigan ustaxonalar faoliyatini to‘xtatdi

 

 Bu haqda “TASS” habar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, havfsizlik xodimlari Rossiya Federatsiyasi hududidagi 3 ta yerosti qurol yasovchi ustalar ustaxonasi faoliyatini to‘xtatdi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochildi.

 

Bundan tashqari Federal havfsizlik hizmati Rossiyaning 18 viloyatida 48 ta yashirin qurol ustasini qo‘lga oldi.

 

Unga ko‘ra, yerosti ustaxonalarida fuqarolik qurollarining jangovar xususiyatlarini tiklash va ularni sotish bilan shug‘ullangan 85 nafar aholining jinoiy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

17 ta yashirin qurollarni modernizatsiya qilish va o‘q-dorilar ishlab chiqarish sexlari tugatildi. Aniqlanishicha, mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan 353 dona o‘qotar noqonuniy qurol muomaladan chiqarildi.

 

Hisobotda musodara qilingan 29 ta pulemyot, 18 ta avtomat, 224 ta to‘pponcha va revolver, 104 ta karabin, miltiq va ov miltig‘i, shuningdek, 10 ta artilleriya o‘qlari, 14 ta piyodalarga qarshi mina, 30 ta qo‘l granatalari, 11 mingdan ortiq turli patronlar, taxminan 30 kg portlovchi moddalar (porox, trotil), qurollarning asosiy qismlari va komponentlari, ovozsiz otish uchun 12 ta qurilmalar qayd etilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, noqonuniy qurol sotuvchilar manzillarida tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari olib borish bo‘yicha maxsus operatsiya noyabr oyida 30 ta hududda o‘tkazilgan.

 

Ushbu holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 222, 223-moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq huquq himoyachisi Valentina Chupik Rossiyani tark etib Yerevanga uchuib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiya Federal хavfsizlik xizmati mamlakatdagi  noqonuniy qurol savdosi bilan shug‘ullanadigan ustaxonalar faoliyatini to‘xtatdi | Zamon.uz