Qirg‘iz-tojik chegarasida tez-tez takrorlanadigan o‘q ovozlari davom etmoqda
Navbatdagi “to‘qnashuv” mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston chegarasidagi posbonlari 1-dekabr kuni kechki payt nomaʼlum shaxslar Tojikiston hududidan chegaraning bahsli uchastkasidan turib, bir necha marotaba o‘q uzgan.
Mazkur voqea Qirg‘izistonning Botken viloyati Daxma tumanidagi shartli chegara chizig‘i yaqinida yuz bergan. Nomaʼlum shaxslar Tojikiston tarafdan 7-8 marta o‘q uzgan.
Asosli taxminlarga ko‘ra, o‘q ov miltig‘idan otilgan bo‘lishi mumkin.
Chegara vakili Qiyolbek To‘lonboyev Tojikistonning So‘g‘d yo‘nalishi bo‘yicha chegara vakili bilan telefon orqali muloqot qilib, davlat chegarasida hozirda vaziyat barqaror ekanligini maʼlum qilgan.
Maʼlumot o‘rnida, joriy yilning iyul oyida Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga qarashli Devashtich nohiyasining Rosrovut qishlog‘i va Qirg‘izistonning Batkent oblastidagi Leylak rayoniga tegishli Koch-Jayloo qishlog‘i orasidagi Naumina dovoni chegara hududida yuz bergan qurolli to‘qnashuvda bir-necha chegarachilar jarohat olgan. Bir nafar xodim halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, oktabrda Isfara tumani Xo‘ja Aʼlo qishlog‘i aholisi eski suv quvurlarini yangisiga almashtirayotgan vaqtida 25-30 nafar qirg‘iz chegarachilari ularga yaqin kelib ushbu joy bahsli hudud ekanini aytib, ishni to‘xtatishni talab qilishgan va odamlar tomon o‘t ochgan.
Chegaralar kesimidagi baxsli muvozanat, ikki davlat o‘rtasidagi nizolarga sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Botken viloyatiga Tojikiston bilan chegarasidan o‘q uzilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







