O'zbekiston

IIV xodimlari tomonidan maxsus vositalarni qo‘llash tartibi mavjud

Diqqat! Odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy aʼzolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish qatʼiyan taqiqlanadi.

IIV xodimlari tomonidan maxsus vositalarni qo‘llash tartibi mavjud

 

“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ichki ishlar organi xodimi faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish, saqlash, ularni qo‘llash va jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.

 

Hujjatning 23-moddasida ichki ishlar organi xodimi tomonidan maxsus vositalardan qanday hollarda foydalanish mumkinligi yozib qo‘yilgan. Jumladan:

👉 fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish;

👉 jinoyatga yoki maʼmuriy huquqbuzarlikka chek qo‘yish;

👉 ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yish;

👉 jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlash;

👉 qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlash;

👉 ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish;

👉 zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilish;

👉 fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yish;

👉 haydovchisi ichki ishlar organi xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi talabini bajarmagan transport vositasini to‘xtatish;

👉 jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlash;

👉 muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sib qo‘yish.

 

Mazkur moddaning ikkinchi qismiga asosan 1–5, 7, 8 va 11-asoslarda ko‘rsatib o‘tilgan hollar vujudga kelganda ichki ishlar organlari xodimlari rezina tayoqlardan foydalanishi mumkin.

 

8 va 9-asoslarda ko‘rsatib o‘tilgan hollarda esa transport vositalarini majburiy to‘xtatish vositalarini qo‘llash mmumkin.

 

Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, ichki ishlar organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.

“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun.  21-modda.

 

Yuridik va jismoniy shaxslar faqatgina qonunchilik hujjatlariga rioya etgan holda ish ko‘rishi lozim.

Avvalroq Toshkentda “Lacetti” haydovchisi YPX xodimiga bo‘ysunmasdan qochib ketgani hamda Ichki ishlar xodimlariga elektroshokdan foydalanishga ruxsat berilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

IIV xodimlari tomonidan maxsus vositalarni qo‘llash tartibi mavjud | Zamon.uz