O'zbekiston

“Nogironligi bo‘lgan insonlar – jamiyatning to‘laqonli a’zolari” – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi.

“Nogironligi bo‘lgan insonlar – jamiyatning to‘laqonli a’zolari” – Shavkat Mirziyoyev

 

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Murojaat avvalida davlat rahbari O‘zbekiston xalqiga o‘zining samimiy tilaklarini bayon qilib, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun zarur barcha sharoitlarni yaratish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini, buning tasdig‘i o‘laroq mamlakatimizda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganini alohida ta’kidlab, bu borada amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tgan:

 

“Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirganda, so‘nggi ikki yilda pensiya va nafaqa oluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 100 ming nafarga ko‘payib, ularning miqdori qariyb 2 barobarga oshirilganini ta’kidlash lozim. Shuningdek, barcha hududlarda “Saxovat va ko‘mak” umummilliy harakati doirasida hamda “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi”.

 

Shuningdek, murojaatnomada nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan alohida dastur qabul qilinishi bayon etilgan:

 

“Ushbu dasturning mazmun-mohiyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohang bo‘lib, unda nogironlikni belgilashda tibbiy yondashuvdan ijtimoiy yondashuvga o‘tish asosiy vazifa sifatida belgilanadi”.

 

Qayd etilishicha, endi nogironligi bo‘lgan shaxslar – “muammosi bor insonlar” degan qarashdan voz kechilib, ularning imkoniyatini kengaytirish uchun, avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni takomillashtirish kerakligi va quyidagi masalalarga e'tibor qaratish lozimligi aytib o‘tilgan:

 

"Birinchidan, nogironligi bo‘lgan yoshlarga barcha darajada sifatli ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlar yaratiladi.

 

Ikkinchidan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish va ular uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish orqali ularning daromadini ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yanada kuchaytiriladi. Bu borada ularni zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqiladi.

 

Uchinchidan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning salomatligini asrash, ularga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

 

To‘rtinchidan, imkoniyati cheklangan fuqarolar mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida faol qatnashishi uchun “to‘siqsiz muhit”, ya’ni qulay sharoit yaratiladi".

 

 

Javohirbek Tursunov

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Nogironligi bo‘lgan insonlar – jamiyatning to‘laqonli a’zolari” – Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz