Malida avtobus jangarilar hujumiga uchradi
31 kishi otib o‘ldirilgan, bir necha kishi yaralandi.

Malida qurollangan shaxslar mahalliy bozorga odamlarni olib ketayotgan avtobusga hujum qilib odamlarni o‘qqa tutdi. Natijada 31 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Shuningdek, yana bir mecha kishi yaralangan, bedarak yo‘qolganlar ham bor. Аvtobus Songo qishlog‘idan 10 kilometr uzoqlikdagi Bandiagara bozoriga harakatlanayotganda hujumga uchragan.
Qo‘shni Bankass shahri meri Moulay Guindoning so‘zlariga ko‘ra, qurollangan odamlar “mashinaga qarata o‘q uzgan, shinalarini kesib, odamlarga qarata o‘q uzgan”.
Hozircha hech bir terrorchilik tashkiloti mazkur xunrezlik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganicha yo‘q.
Avvalroq Malida terrorchilar harbiylarga hujum qilgani maʼlum qilingandi — kamida besh kishi halok bo‘lgan, yana sakkiz kishi yaralangan. Shuningdek, Nigeriyada qurollangan shaxslar maktab-internatga hujum qilib o‘quchilarni o‘g‘irlab ketgani ham xabar qilingan edi.
Nasiba To‘xtayeva







