Шавкат Мирзиёев Қозоғистонга ташрифи олдидан нималар ҳақида гапирди?
O‘zbekiston va Qozog‘iston - tabiiy iqtisodiy hamkorlar. Bizning iqtisodlarimiz bir birini to‘ldirib turadi - dedi Mirziyoyev "Казахстанская правда" gazetasiga bergan intervyusida.

Davlatimiz rahbari ikki respublika orasida yil sayin savdo-sotiq hajmi o‘sib borayotganini qayd etgan. Jumladan, yil boshidan buyon savdo-sotiq hajmi 40 % ga o‘sganini va yil oxiriga qadar iqtisodiy munosabatlar hajmi 4 milliard dollarga yetishi kutilayotganini maʼlum qilgan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qozog‘iston orasidagi strategik hamkorlik so‘nggi yillarda katta amaliy mazmun bilan to‘lganini va yillar davomida to‘planib qolgan muammolar o‘z yechimini topganini taʼkidlagan.
Maʼlumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 5-6 dekabr kunlari Qozog‘istonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Bu O‘zbekiston Respublikasi prezidentining saylovdan keyingi ikkinchi rasmiy tashrifi bo‘lib, birinchi rasmiy tashrif 19-noyabr kuni Moskvaga amalga oshirilgan edi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







