2021-yil O‘zbekistonda qancha uzum eksport qilindi?
Bu bo‘yicha Statistika qo‘mitasining maʼlumoti eʼlon qilindi.

Qo‘mita hisobotiga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 46 ta xorijiy davlatga qiymati 153,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 204 ming tonna uzum eksport qilgan.
O‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p uzum eksport qilgan davlatlar quyidagilar:
Rossiya – 88 ming tonna
Qozog‘iston – 63 ming tonna
Qirg‘iziston – 23 ming tonna
Xitoy – 9 ming tonna
Turkiya – 4 ming tonna
Saudiya Arabistoni – 3 ming tonna
Ukraina – 3 ming tonna
Belarus – 2,3 ming tonna
Ozarbayjon – 1,6 ming tonna
Iroq – 1,6 ming tonna
Germaniya – 867 tonna
Avvalroq uzum yetishtirish bo‘yicha yetakchi hududlar ro‘yxati hamda O‘zbekiston besh oyda qancha meva-sabzavotlar eksport qilgani maʼlum qilingan edi.
Javohirbek Tursunov








