Jahon

Ukraina Belarus havo chegaralari buzilgani haqidagi maʼlumotlarni rad etdi

Улар бу ҳақида расмий маълумот олмаганини айтган.

Ukraina Belarus havo chegaralari buzilgani haqidagi maʼlumotlarni rad etdi

 

Maʼlum bo‘lishicha, Ukraina Davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati mamlakat samolyoti Belarus bilan davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

 

Bu haqda departament spikeri Andrey Demchenko maʼlum qildi. 

 

Uning UNN agentligiga bergan izohida:

 

“Ukrainalik uchuvchilarning Belarus Respublikasi havo hududini noqonuniy kesib o‘tgani haqidagi maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday holat qayd etilmagan” deyiladi.

 

 

Qayd etilishicha, Departament vakili, Kiyevga  “Belarus Davlat chegara qo‘mitasidan havo hududi buzilganligi haqidagi rasmiy xabar” olmaganini taʼkidladi.

 

Ammo Belarus Davlat chegara qo‘mitasi Ukrainaning Mi-8 harbiy vertolyoti mashg‘ulotlar chog‘ida chegarani buzib, Belarus hududiga 1 km chuqurlikka uchib o‘tganini eʼlon qilgan.

 

Maʼlumki, Belarusning Polsha, Latviya va Litva bilan chegaralarida joriy yil boshidan buyon migrantlar oqimi ko‘payib, inqiroz yuzaga keldi va bu  8 noyabrda kuchaydi.

 

Bir necha ming kishi Belarus tomondan Polsha chegarasiga kelib, qo‘shni hududga o‘tishga harakat qilgan. Muhojirlar bilan bog‘liq mavjud vaziyat munosabati bilan Ukraina kuch tuzilmalari Belarus bilan chegaraga qo‘shimcha bo‘linmalari ishtirokida chegara hududlarida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

 

Maʼlumot o‘rnida: Ukraina Belarus bilan chegarani yopishni taklif qilgandi. Lukashenko esa AQSHning Ukrainadagi o‘quv markazlari niqobi ostida aslida NATO bazalarini yaratayotganini bildirgandi.

 

Avvalroq Yevropa Ittifoqining qochqinlar borasidagi g‘oyalari puchga chiqqani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Ukraina Belarus havo chegaralari buzilgani haqidagi maʼlumotlarni rad etdi | Zamon.uz