Mamlakatimizga eng ko‘p guruch olib kirgan davlatlar ichida Qozog‘iston yetakchi
2021-yilning yanvar-oktabr oylarida mamlakatimizga import qilingan guruch mahsulotining hajmi 19,3 ming tonnaga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, mazkur davrlar oralig‘ida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 26,9 ming tonna guruch import qilgan.
Bu esa o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 19,3 ming tonnaga ko‘p degani.
Joriy yilning mazkur 10 oyida mahalliy bozorlarimizga eng ko‘p guruch import qilgan davlatlar qatorida Qozog‘iston 26,5 ming tonna ekin mahsuloti bilan birinchi o‘rinni egallagan. Pokiston esa 223,2 tonna guruch mahsuloti ikkinchi o‘rinni olgan.
Quyida yurtimizga guruch mahsulotini olib kirda eng faol davlatlar qatori keltirilgan:
🔷 Qozog‘iston – 26,5 ming tonna;
🔷 Pokiston – 223,2 tonna;
🔷 Xitoy – 60 tonna;
🔷 Hindiston – 23 tonna;
🔷 Rossiya – 12 tonna;
🔷 Litva – 2 tonna.
Avvalroq 1 avgustdan bojxona rejimi talablari osonlashtirilgani, 82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulot import bojidan ozod qilingani hamda O‘zbekiston eksport-importidagi eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat nomi maʼlum qilingani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







