O'zbekiston

Metrodagi “probka”ni bartaraf etish uchun qo‘shimcha poyezdlar qo‘yiladi

Harakatlarda kuzatilayotgan nosozliklarning asosiy sabablari ham o‘rganilishi ko‘zda tutilgan.

Metrodagi “probka”ni bartaraf etish uchun qo‘shimcha poyezdlar qo‘yiladi

 

Bu haqda "Toshkent metropoliteni” DUK tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

 

Xususan, yig‘ilish davomida quyidagi masalalar topshiriq sifatida masʼullar zimmasiga yuklatilgan.

 

Unga ko‘ra:

—   Tirbandliklarni oldini olish, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, poyezdlar harakati oraliq intervallarini qisqartirish maqsadida, poyezdlar harakati jadvali qayta ko‘rib chiqish;

 

—   Metropoliten barcha yo‘nalishlarda “tig‘iz paytlarda” oraliq intervallarini maksimal darajada qisqartirish va barcha imkoniyatlardan foydalangan xolda qo‘shimcha harakat tarkiblari sonini ko‘paytirish;

 

—   Metropolitenning asosiy ish faoliyatiga taʼsir qilmagan xolda “Chilonzor” elektrodeposi tasarrufidagi harakat tarkiblari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, hafta so‘nggiga qadar aniqlangan nosozliklar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tasdiqlovchi foto suratlar ilova qilgan xolda maʼlumot taqdim etish;

 

Bundan tashqari, joriy yilning so‘nggi 6 oylik davrida qayd etilgan metropoliten harakat tarkiblarining texnik nosozlik tufayli liniyadan chetlatilganligi xolatlari soni, nosozlik sabablari, nosozlik qayd etilgan uskuna yoki tizimlar to‘g‘risida tahliliy maʼlumot tayyorlab kiritish ham ko‘zda tutilgan.

 

Jumladan, yerusti xalqa yo‘li qurilish ishlarining 2 - bosqichi № 8-9-10-11- metro bekatilarining qurilish obyektiga montaj ishlar bo‘yicha biriktirilgan ishchi guruhning har bir maʼsul xodimi tomonidan qurilish holatini puxta o‘rganib, hafta davomida aniqlangan va avval ko‘rsatilgan lekin bartaraf etilmagan kamchiliklar bo‘yicha maʼlumotlar, tasdiqlovchi fotosuratlar ilova qilingan xolda sharxlari bilan tayyorlab taqdim etish vazifasi ham yuklatilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy metro vagonlari yuborilishi hamda 1 yanvardan "Toshkent metropoliteni" xodimlariga qo‘shimcha rag‘batlantirishlar joriy etilishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Metrodagi “probka”ni bartaraf etish uchun qo‘shimcha poyezdlar qo‘yiladi | Zamon.uz