Jahon

Rossiyada o‘quvchi sinfdoshining ko‘ziga kalit tiqib, jarohatladi

Bola o‘qituvchilariga ham bir necha marta tashlangan.

Rossiyada o‘quvchi sinfdoshining ko‘ziga kalit tiqib, jarohatladi

 

Rossiyaning Nefteyugansk shahrida uchinchi sinf o‘quvchisi Igor o‘z sinfdoshining ko‘zini jarohatladi. Bu haqda 360 tv.ru sayti maʼlum qildi. Ota-onalarning aytishicha, bolada avval ham o‘quvchilarning ko‘ziga qalam, ruchka tiqib olish holatlari kuzatilgan.

 

Ko‘zi jarohatlangan bolaning onasi Yuliyaning aytishicha, Igor uch yildan buyon maktabdagi tengqurlariga ozor berib kelgan. Hatto, u o'rtoqlari qorniga pichoq ham sanchigan. Ona  esa o‘g‘lini birinchi sinfdan boshlab kaltaklab kelgan. 

 

Ayol Igorning maktabga bir necha marta oshxona pichog‘i bilan kelganiga ham guvoh bo‘lgan. Shuningdek, sinfdosh qizlarning yuziga o‘z-o‘zidan besabab tarsaki tushirishlari, tarix o‘qituvchisini velosiped zanjiri bilan kaltaklagani, sochlarini yulgani va hattoki baʼzi o‘qituvchilar u tufayli ariza yozib ishdan ketgani haqida ham maʼlumotlar bergan.

 

Surishtiruvlar davomida Igor bolalar bog‘chasidan boshlab ruhiy shifoxonada ro‘yxatda turishi maʼlum bo‘ldi. Ammo onasi o‘g‘lining bu holatini yaxshi bilsa-da, maktab maʼmuriyatidan yashirgan. O‘g‘lini o‘z vaqtida davolatmagan.

 

Keyinchalik maktab maʼmuriyati muammodan xabar topgach, hal etish choralarini ko‘rmagan. Voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor esa Igorning 14 yoshga to‘lmagani sabab chora ko‘rilmaganini maʼlum qilgan.

 

Hozirda maktab o‘quvchisining ko‘zidan jarohatlangani yuzasidan shahar tergov bo‘linmasi surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

 

Munojat Valiyeva

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.