Rossiyada 4 va 7 yoshli bolalar muzlagan ko‘lga tushib ketib, halok bo‘ldi
Bolalarning ikkisi ham o‘zbekistonlik bo‘lgani aytilmoqda.

Ryazan viloyatining "Dedyuxino" qishlog‘ida o‘zbekistonlik ikki o‘g‘il bola muzlagan ko‘l ustida uchaman deb muzi ostiga tushib ketishgan. Bu haqda bolalarning otasi "CentralAsia" nashriga maʼlum qilgan.
Fojia 3-dekabr kuni yuz bergan. Maʼlum bo‘lishicha, ularning ikkisi bir oilaning farzandlari va asli o‘zbekistonlik bo‘lgan. Otasining aytishicha, bolalar hech qachon uning ruxsatisiz uy oldidan uzoqlashmagan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, mahalliy aholi bolalarni suvdan olib chiqqanida, ular tirik bo‘lgan. Biroq ular shifoxonaga yetib bormay yo‘lda halok bo‘lishgan.
Bolalarning ota-onasi ularni O‘zbekistonda dafn etishini maʼlum qilgan. Holat bo‘yicha surishtiruv boshlangan.
Avvalroq, Rossiyadagi daryoda o‘zbekistonlik yigitning jasadi topilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







