Avstriya aholisi emlashdan bosh tortgani uchun 3 600 yevro jarima to‘laydi
Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirli Volfgang Mukshteyn qonun loyihasi taqdimotida aytdi.

“Sekurikid” nashrining xabar berishicha, jarima miqdori 3,6 ming yevro atrofida bo‘lishi mumkin. Qonun loyihasi 2022-yil 1-fevraldan kuchga kirishi kutilmoqda. Avstriyada yashovchi 14 yoshdan oshgan barcha shaxslar emlanishi shart.
Vaksinani olmagan va markaziy reyestrga tibbiy cheklovni tasdiqlovchi hujjatni taqdim eta olmaganlar sud tomonidan belgilangan jarimani to‘laydilar.
Maʼlumot uchun, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin COVID-19 ga qarshi emlashdan bosh tortganlik uchun jarima joriy etish g‘oyasini yuqori baholagan edi. Davlat rahbarining fikricha, odamlarga emlash zarurligini sabr bilan tushuntirish muhim. Uning taʼkidlashicha, faqat emlash odamlarni infeksiyadan qutqaradi.







