O'zbekiston

"Men Prezident administratsiyasining masʼul xodimiman!" Ashaddiy tartibbuzar qo'lga olindi

Jazo muddatini manzil koloniyasida o‘tayotgan mahkum qayta jinoyatga qo‘l urdi.

"Men Prezident administratsiyasining masʼul xodimiman!" Ashaddiy tartibbuzar qo'lga olindi

 

Ijro qonunchiligiga ko‘ra, yengillashtirilgan tartibdagi manzil-koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar qo‘l telefonidan foydalanishlari mumkin. Bu esa insoniylik tamoyillariga ko‘ra, koloniyadagi mahkumlarning oz bo‘lsada erkinligi taʼminlab, ularga oilasi va yaqinlari bilan tez-tez muloqotda bo‘lish imkonini beradi. Afsuski, ushbu imkoniyatdan noto‘g‘ri maqsadda foydalanib, ustiga-ustak jinoyat sodir etayotgan mahkumlar ham topilmoqda.

 

Bir necha huquqbuzarliklar sodir etgani uchun maʼmuriy jarima, axloq tuzatish, ozodlikni cheklash kabi jazo choralari tayinlangan mahkum Temur Tillayev so‘ngi marotaba 2020-yil 24-avgust kuni Chirchiq shahar sudi tomonidan jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan. Jazo muddatini Jizzax viloyatidagi 31-son manzil koloniyasida o‘tayotgan 28 yoshli bu yigit qilmishidan pushaymon bo‘lib, to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, moddiy boylik orttirishni ko‘zlab, Qashqadaryo viloyati Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Prezident administratsiyasining masʼul xodimi deb tanishtirgan.

 

Mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi JIED va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan tezroq tadbir o‘tkazilib, mahkum Tillayev daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. Departament tomonidan Jinoyat Kodeksining 120-moddasiga muvofiq ashaddiy tartibbuzar deb topilganligi uchun unga nisbatan jazosining o‘talmay qolgan 3 yil 5 oy 24 kunini manzil koloniyasidan umumiy tartibdagi koloniyaga ko‘chirish jazosi qo‘llanildi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq O‘zbekiston qamoqxonalarida qancha diniy va siyosiy mahbuslar mavjudligi hamda norasmiy diniy ekstremistik oqimlarga kirib qolgan o‘ta xavfli retsidivistning panjara ortidagi taqdiri haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Men Prezident administratsiyasining masʼul xodimiman!" Ashaddiy tartibbuzar qo'lga olindi | Zamon.uz