Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilar ketayotgan avtobus YTH ga uchradi
11 kishi jarohatlangan, biri halok bo‘lgan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra voqea 9-dekabr kuni "Ardatov — Arzamas" yo‘lida joylashgan Ideal posyolkasi hududida sodir bo‘lgan. Politsiyaning maʼlumotiga ko‘ra YTHga avtobus haydovchisining tezlikni meʼyordan oshirgani sabab bo‘lgan.
Tezlikda kelayotgan avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. Natijada qarama qarshi yo‘nalishdan kelayotgan KAMAZ rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Haydovchi voqea oyida halok bo‘lgan. Jarohat olganlarning barchasi O‘zbekistonlik fuqarolar ekanligi aytilmoqda. Ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Surishtiruv davomida Avtobus “Progress” MCHJ qishloq xo‘jalik korxonasiga tegishli bo‘lib umumiy 23 nafar ishchilarni olib ketayotgan bo‘lgan.
Ayni damda Nijniy Novgorod viloyat prokuraturasi bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda. Voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.
Avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik erkak o‘g‘irlangan mashinada avtohalokatga uchragani hamda temiryo‘lni portlatish bilan “shantaj” qilgan erkak qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyev







