Saudiya Arabistonida tuyalar “boteks” tufayli go‘zallik tanlovidan chetlashtirildi
40 dan ortiq tanlov ishtirokchisi diskvalifikatsiya qilindi.

Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan tuyalar festivalid tanlov tashkilotchilari boteks va boshqa kosmetik muolajalar yordamida hayvonlarni tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgani aniqlandi.
Mutaxassislar tuyalarni ko‘rikdan o‘tkazayotgan vaqtida hayvonlarning chiroyli ko‘rinishi uchun lablari, jag‘lari va boshqa qismlariga boteks ukollarini qo‘llagani, lablar hajmini oshirish uchun esa kollagen yuborilganini aniqlagan. Bundan tashqari, tuyalarga mushaklarning o‘sishi uchun gormonlar berilgani, ayniqsа, 27 ta "Majohim" zotli tuyalarning tanasini turli qismlarini sunʼiy ravishda tortib hamda shishirgani ham maʼlum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Ar-Riyod poytaxtida Qirol Abdulaziz sharafiga uyushtiriladigan tuya festivali dunyodagi eng yirik festivallardan biri bo‘lib, u oltinchi bor o‘tkazilmoqda. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, bu yili unda dunyoning ko‘plab mamlakatlari, jumladan, Rossiya, AQSH va Fransiyadan 33 ming hayvon ishtirok etmoqda. Festival 1-dekabrda boshlab 40 kun davom etadi. Unda ishtirokchilar o‘z tuyalari bilan 66 million dollarlik sovrin uchun kurashadilar.
Ayni damda Ar-Riyodga 100 mingga yaqin sayyoh tashrif buyurgan.
Munojat Valiyeva







