Turkmaniston rahbari bir haftadan beri ko‘rinish bermayapti
Manbaga ko‘ra, mamlakat rahbarining oxirgi chiqishi anʼanaviy juma kuni Vazirlar Mahkamasining majlisida kuzatilgan.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 3-dekabrdan beri jamoat maydoniga chiqmayapti. Bu haqida hronikatm.com xabar tarqatdi.
Har hafta, asosan dushanba kunlari Ashxobod hokimi va viloyatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi Gurbanguli Berdimuhamedov bu safar odatiy ishini bajarmagan. Yaʼni, 6-dekabr kuni Turkmaniston prezidenti hech qanday uchrashuvda qatnashmagan va xalqqa ham ko‘rinish bermagan.
Ajablanarlisi, qo‘shni davlat TDX davlat axborot agentligi ham 3 dekabrdan beri mamlakat prezidentini tilga olmagan. Biroq davlat rahbarining Germaniya federal kansleri lavozimiga saylangan Olaf Sholsga yo‘llagan tabrigi “ko‘rinmaslik”ning 8-kunida tarqalgani haqida xabarlar mavjud.
Avvalroq Turkmaniston Prezidenti mamlakat aholisini anomal issiqdan saqlanishga chaqirgani hamda Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







