Buyuk Britaniya Bosh vazirining reytingi tushib ketdi
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 66 foizi Boris Jonsonning faoliyatidan norozi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning reytingi tarixdagi eng past darajaga tushib ketdi. Bu haqda YouGov sosiologiya instituti tadqiqotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, Britaniya aholisining 24 foizi mamlakat Bish vaziri faoliyatiga ijobiy munosabat bildirgan.
Qayd etilishicha, bu shu vaqtga qadar o‘tkazilgan so‘rovlardagi eng past ko‘rsatkichdir.
Shu bilan birga, unda qatnashganlarning 66 foizi Jonsonning ishiga salbiy baho berishlarini aytishgan. 10 foizi bir qarorga kelmagan.
Sosiologlarning eslatishicha, amaldagi Bosh vazir faoliyatini ma’qullashning eng yuqori reytingi (+29) 2020-yilning aprel oyida koronavirus pandemiyasining boshida qayd etilgan.
Ayrim ekspertlarga ko‘ra, reytingning pasayishi Jonsoning o‘tgan yili lokdaun paytida o‘z qarorgohida ziyofat o‘tkazgani haqidagi gaplar bilan ham bog‘liq.
Nasiba To'xtayeva








