O'zbekiston

Endi Farg‘onadan So‘xga samolyotda borish mumkin

Bugundan boshlab mazkur yo‘nalishda doimiy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Endi Farg‘onadan So‘xga samolyotda borish mumkin

 

Bugun, 12 dekabrdan boshlab “Humo Air” MCHJ aviakompaniyasi Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, dastlabki bosqichda haftasiga ikki marotaba yo‘lovchi tashuvlari yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar haftaning dushanba va juma kunlari Farg‘ona – So‘x yo‘nalishida soat 10:00 da va So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida soat 12:00 da bajarilishi rejalashtirilgan. Aviaqatnovlar AN-2 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi 30 daqiqani tashkil etadi.

 

Yo‘lovchilar aviachiptalarni Farg‘ona, Andijon va Namangan aeroportlari hamda So‘x tumani hokimiyati binolarida xarid qilishlari mumkin.

 

Avvalroq Samarqandda shaharlararo aviaqatnovlar tiklangani va "Uzbekistan Airways" xorijiy aviakompaniyalar uchun tariflarni pasaytirgani haqida xabar qilingan edi.

 

Javohirbek Tursunov

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Endi Farg‘onadan So‘xga samolyotda borish mumkin | Zamon.uz