Qirg‘izistonda qo‘ylarga chip o‘rnatilmoqda
“Toza zotli” jonivorlarga alohida identifikatsiya raqami beriladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hozir Qirg‘izistonda seleksiya yo‘li bilan olingan jami 5 800 bosh "Arashan" zotli qo‘ylar boqilmoqda. "Toza zot"li qo‘zichoqlarning narxi – 500 AQSH dollari, katta qo‘ylar esa – 5 ming AQSH dollari.
Hozirda jonivorlarga naslchilik kartalari o‘rnatilib, ma’lumotlar alohida saytga joylashtirilmoqda.
Chiplashdan oldin qo‘chqorning bo‘yi, vazni, boshi va quloqlari o‘lchanadi. Keyin unga identifikatsiya raqami beriladi. Shundan so‘ng ularni elektron qurilma yordamida topish mumkin.
Javohirbek Tursunov








