Shimoliy va Janubiy Koreya tinchlik shartnomasini tuzishga kelishib oldi
Ammo rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan.

Shimoliy va Janubiy Koreya, AQSH va Xitoy tinchlik shartnomasini tuzishga kelishib oldilar. Bu haqda BBC Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bayonotiga tayanib xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya iltimosiga ko‘ra AQSHning "dushmanlik siyosati"ni to‘xtatish bo‘yicha rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan.
"Shu sababli, biz deklaratsiyani muhokama qilish uchun stolga o‘tirolmaymiz. Umid qilamizki, tez orada aloqa boshlanadi, — dedi Chje In.
.
Koreya urushi 1950-yildan 1953-yilgacha davom etdi va sulh bilan yakunlandi. Shimoliy va Janubiy Koreya Xitoy va AQSH ko‘magida bir-biri bilan rasman urush olib bormoqda.
Maʼlumot uchun: Shimoliy Koreya oktabr oyida ballistik raketa sinovlarini o‘tkazgan edi. Avvalroq Shimoliy va Janubiy Koreya aloqalari qayta tiklangani xabar qilingandi.
Nasiba To'xtayeva







