O'zbekiston

“Amazon”da e-tijorat bilan shug‘ullanayotgan farg‘ona ayollari

Farg‘ona tumanida mahalla ayollari tomonidan tayyorlanayotgan ekologik toza qo‘g‘irchoqlar “Amazon” onlayn savdo platformasida sotilmoqda.

“Amazon”da e-tijorat bilan shug‘ullanayotgan farg‘ona ayollari

 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona tumanidagi o‘rganishlar doirasida “Sadosh” brendi ostida qo‘g‘irchoqlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan tadbirkor Sadoqatxon Mirzayeva faoliyati bilan tanishdi.

 

Eslatib o‘tamiz, bu ayol avvaliga maktabda oddiygina mehnat o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hunarni ham o‘quvchilariga yangicha bilim o‘rgatish maqsadida internet orqali zrgangan. Qiziqish kichik tadbirkorlikka yo‘l ochib bergan.

 

Kashtachilik, quroqchilik, qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar to‘qish sir-sinoatlarini yaxshi egallagan Sadoqatxon Mirzayeva mahalladagi ishsiz ayollarni ham jalb qilgan holda qo‘l mehnati bilan qo‘g‘irchoq tayyorlaydi. Ishlar boshlanganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shunga qaramay, hozirdanoq “Amazon” xalqaro onlayn savdo platformasida kuniga 3-4 ming dona qo‘g‘irchoq sotilmoqda.

 

Tadbirkor tomonidan qo‘g‘irchoqlarni qo‘shni respublikalar, BAA, AQSH davlatlariga eksport qilish ham rejalashtirilgan. Buning uchun 2022 yilning birinchi choragida qiymati 1 mlrd. so‘m bo‘lgan loyiha amalga oshirilib, qishloqda kooperatsiya tashkil etiladi va 250 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Kooperatsiyaning yillik ishlab chiqarish hajmi 3 mlrd. so‘mni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

 

Tadbirkor kuni kecha Shohimardonsoy MFYdagi bo‘sh turgan binoda ish boshladi va kooperatsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bu dastlabki qadam bo‘ldi. Bu yerda milliy hamda zamonaviy uslubda kashtachilik, quroqchilik, qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar to‘qish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ayni kunda faoliyat orqali 30 nafar xotin-qizlar bandligi taʼminlandi.

 

Viloyat hokimi bilan muloqotda tadbirkor 1 mlrd. so‘m subsidiya olishda ko‘mak so‘radi. Masalani ijobiy hal qilish uchun mutasaddilarga, allaqachon, topshiriq berildgan.

 

 

Avvalroq, Telegram‘ sahifamiz orqali Sadoqatxon Mirzayevaning faoliyati haqida videolavha taqdim etgandik. 

 

Maftuna Rejabboyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Amazon”da e-tijorat bilan shug‘ullanayotgan farg‘ona ayollari | Zamon.uz