Pokiston armiyasi askari mamlakat janubi-g‘arbida sodir etilgan teraktda halok bo‘ldi
Bir guruh qurolli ekstremistlar tomonidan nazorat-o‘tkazish punkti o‘qqa tutilgan.

“The Express Tribune” nashrining yozishicha, voqea Abdoy sektorida sodir bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, Pokiston janubi-g‘arbidagi Balujiston viloyatida jangarilar hujumi oqibatida Pokiston armiyasi askari halok bo‘ldi.
Nazorat punkti qo‘riqchilarining o‘qlari ostida terrorchilar ham yo‘qotishlar bilan chekinishdi.
So‘nggi oylarda Pokiston hukumatining mamlakatni markazlashtirishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlariga qarshi chiqqan millatchi va ayirmachi guruhlarning kuchayishi natijasida viloyatda keskinlik kuchaygan.
Maʼlumot o‘rnida: noyabr oyida Pokiston armiyasining 3 nafar askari Balujistondagi hujumlarda halok bo‘lgan, 7 nafari yaralangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroq harbiy bazasiga raketa otilgani hamda Afg‘onistonning Jalolobod shahrida yana otishma sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, ISHID toliblarning 17 nafar askarini o‘ldirgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







