Moskvada xususiy bog‘chaning 3 qavatidan beshyoshli bola tushib ketdi
Bola uni atay itarib yuborganini aytgan.

Moskvada ko‘p qavatli uylarning birida ochilgan xususiy bog‘chada besh yoshli bola kutilmaganda 3-qavatdan tushib ketdi.
Voqea Moskvaning Donbasskaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bu vaqt uyda undan tashqari yana 6 ta bola va bitta tarbiyachi bo‘lgan.
Bola qulab tushgan vaqt yon qo‘shni uni kuchli qichqirishini eshitgan. Darhol, derazani ochib qaragan va qorda yotgan bolani ko‘rgan. Tez yordam va politsiyani chaqirilgan. Bola ayolga uni itarib yuborganini aytgan. Bola zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Tarbiyachi surishtiruv davomida kvartirada undan tashqari yana bir ishchi bo‘lganini aytgan. Baxtsiz hodisa ro‘y bergan vaqt ulardan biri oshxonada ovqat pishirayotgan bo‘lgan boshqasi esa boshqa bolani yuvintirayotgan bo‘lgan. Tarbiyachi muammo ularda emasligi, balki quloq solmagan bolada ekanlini bildirgan.
Hozirda prokuratura surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Avvalroq rossiyalik ayol derazadan tushib ketayotgan 1,5 yoshli bolani ushlab olgani hamda Moskvada ko‘p qavatli uy derazasi tagidan ayol va uning ikki bolasi tushib ketgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







