Peterburgda erkak o‘z qiziga 2 yil davomida tajovuz qilib kelgan
Hozirda erkak politsiya tomonidan qidirilmoqda

Qizining taʼkidlashicha, otasi Sergey Simonov yillar davomida o'z xotini va sakkiz nafar farzandlarini doimiy kaltaklab qo‘pol muomalada bo‘lgan. Ularni noodatiy tarzda jazolagan, och qoldirgan. Bolalar juda ozg‘in va nimjon bo‘lishgan.
2012-yilda Sergeyning ayoli uning zulmiga chidolmay 8 nafar farzandini tashlab zolim erdan qochib ketgan. Yon qo‘shnilar ularga pul va kiyim-kechak bilan yordam berib turishgan. Hatto viloyat televideniyesidan muxbir ham kelib taʼsirli reportaj tayyorlab ketgan. Ammo suhbat davomida bolalarning hech biri otasi tomondan o‘tkazilayotgan zulm haqida gapirmagan.
2018-yilda katta qizi balog‘at yoshiga yetgach ota o'z qizni zo‘rlay boshlagan. Qiz ikki yil davomidaа otasi tomondan qilingan taʼziqlarga chidab kelgan. So‘ng yaqinlari yordamida ariza yozishga muvaffaq bo‘ldi.
Sergey Simonov qizining arizasidan so‘ng uydan qochib ketdi. Hozir qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Sankt-peterburgda o‘quvchi qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







