Anjelina Joli siyosatchilar bilan Afg‘onistondagi ayollar masalasini muhokama qildi
Senatorlar ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa bilan muloqotda bo‘lgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

46 yoshli Anjelina Joli Kapitoliyga tashrif buyurdi va u yerda AQSH qonun chiqaruvchi organi vakillari bilan uchrashdi va oiladagi zo‘ravonlik va Afg‘onistondagi ayollarning ahvoli kabi jamoat masalalarini muhokama qildi.
Lindsi Grem uchrashuv borasida quyidagicha fikr bildirdi:
“Bugun men Anjelina Joli bilan Afg‘onistondagi ayollar va diniy ozchilik qatlamining ahvoli bo‘yicha juda samarali uchrashuv o‘tkazdim. Mamlakatimiz va butun xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda insonparvarlik falokatining oldini olish uchun birgalikda harakat qilishi kerak”.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Joli og‘ir damlarda afg‘on xalqiga yordam berishga sodiqligini yuksak qadrlaydi.
Senator Mitt Romni o‘z sharhida Jolining BMTning eng yaxshi elchisi sifatidagi faoliyatini yuqori baholadi.
Bundan tashqari, Anjelina Kori Bush bilan ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonunni (VAWA) muhokama qildi.
Siyosatchilar oiladagi zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha harakatimizda butun mamlakat bo‘ylab shunday kuchli ayollar bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lgani va Anjelina Joliga ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashda yetakchilardan biriga aylangani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bred Pitt Joli bilan munosabatlarini qayta tiklashini maʼlum qilganihaqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







