Jahon

Iroq shimolidagi kuchli yog‘ingarchilikda 8 kishi halok bo‘ldi

Bir oilada 3 kishi vafot etdi, ular orasida yosh bola ham bor.

Iroq shimolidagi kuchli yog‘ingarchilikda 8 kishi halok bo‘ldi


Erbil viloyatidagi Daratu, Qushtapa, Shamamk, Roshinbiri va Bahrka tumanlari yomon ob-havodan eng ko‘p zarar ko‘rgan.

 

Oqibatda turar-joy binolari suv ostida qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda suv bosgan ko‘chalar, vayron bo‘lgan binolar va mashinalar aks etgan kadrlar paydo bo‘lmoqda.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, sel 8 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Shuningdek, 7 kishi sel, 1 kishi yashin urishi oqibatida vafot etgan. Bir necha kishi turli darajada jarohat olgan. 

 

Suv hali ham yetib borishi sababli qurbonlar soni ortishi mumkin. Toshqinni nazorat qilish chog‘ida bir necha qutqaruvchi jarohatlangan.

 

Kurdiston Bosh vaziri Masrur Barzaniy bu vaziyatga quyidagicha baho berdi:

 

“Men hukumat idoralariga jabrlangan hududlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish haqida ko‘rsatma  berdim”.

 

Erbil gubernatori avtomobil egalarini transport vositalaridan foydalanmas, xususan, avtomobil yo‘llarida harakatlanmaslikka chaqirgan. Yaqin kunlarda yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu vaziyat sezilarli darajada yomonlashishini anglatadi. Erbil viloyatida tez-tez kuchli suv toshqinlari kuzatiladi.

 

Maʼlumot uchun: oktyabr oyi oxirida, 2021 yildagi birinchi kuchli yomg‘irdan keyin asosiy magistrallarni suv bosdi. 600 ta uyga zarar yetgan.

 

Natijada, yo‘llar balchiqqa botgan, sel mashinalar va avtobuslarni oqizib ketgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kuchli yomg‘ir sababli Turkiyaning ayrim hududlarini suv bosgani  hamda Xitoyda suv toshqinlari oqibatida 15 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"