O'zbekiston

Jurnalistlar "Gʻijduvon" erkin iqtisodiy zonasi bilan tanishdi

Shu kunlarda bir qator OAV xodimlari ishtirokida respublikamiz viloyatlarida press-turlar tashkil etilmoqda.

Jurnalistlar "Gʻijduvon" erkin iqtisodiy zonasi bilan tanishdi

 


Bugun Prezident Administrasiyasi xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan OAV xodimlari uchun Buxoro viloyatining "Gʻijduvon" erkin iqtisodiy zonasida  precs-tur tashkil etildi.

 

Ushbu press-tur doirasida jurnalistlar "Buxoro Fayz Tekstil" MJCh korxonasi bilan yaqindan tanishdi. Korxona rahbari Mustaqin To‘xtayevning ta’kidlashicha mazkur ishlab chiqarish zonasida 200 ga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, kelgusi yilda yana 100 nafar aholini ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. 

 

- Bu ishlab chiqarish korxonasini 2017 yilda tashkil etgan edik. Mana shu vaqt mobaynida bir qator ishlarni amalga oshirdik. Xususan, korxonamizda eksport hajmini yildan-yilga oshirish rejasi ishlab chiqilgan. O‘tgan pandemiya davrida eksport miqdori 5 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, kelgusida bu ko‘rsatkichlarni 7-8 million dollarga yetkazish niyatimiz bor. Bugungi kunda korxonamizning asosiy eksportini ip-kalava mahsulotlari tashkil etmoqda. Keyingi yilda Belgiya davlati bilan hamkorlikda bo‘z mahsulotini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Shu tariqa ip-kalava bilan bir qatorda, bo‘z mahsulotini ham eksport qilishni maqsad qilganmiz.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur  "G'ijduvon" erkin iqtisodiy zonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi PF-4931-sonli "Urgut", "Gʻijduvon", "Qo‘qon" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan tashkil etilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jurnalistlar "Gʻijduvon" erkin iqtisodiy zonasi bilan tanishdi | Zamon.uz