Jahon

Pandemiya yana qancha davom etadi?

AQSHning Pfizer kompaniyasi bu bo’yicha o’z prognozlarini ma’lum qildi.

Pandemiya yana qancha davom etadi?

 

AQSHning Pfizer farmasevtika kompaniyasi COVID-19 pandemiyasi 2024 yilgacha cho‘zilishi mumkinligini e’lon qildi. Bayonotda, shuningdek, 2 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun past dozali vaksinaning klinik sinovlarida kutilganidan zaifroq himoya natijasini ko‘rsatgani ta’kidlangan.

 

2 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sinov tadqiqotlarida olingan zaif himoya natijalari, vaksinani tasdiqlashni kechiktirdi.

 

Pfizer rasmiysi Mikayel Dolsten investorlarga taqdimotida, koronavirus pandemiyasi dunyoning ba’zi qismlarida hozirgi vaziyatda bo‘lgani kabi yana bir yoki ikki yil davom etishini kutishlarini, boshqa mamlakatlarda esa pandemiyaning "endemik" holatga o‘tishini taxmin qilinayotganini ma’lum qildi.

 

BioNTech bilan birgalikda COVID-19 vaksinasini ishlab chiqargan Pfizer, 2024 yilga kelib pandemiya global miqyosda endemik darajaga yetishini bashorat qildi:

"Buning aniq qachon va qanday sodir bo‘lishi kasallikning rivojlanishi, jamiyat emlashni qanchalik samarali amalga oshirayotgani va emlash darajasi past bo‘lgan joylarga vaksinaning adolatli taqsimlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Yangi shtammlarning paydo bo‘lishi pandemiya jarayoniga ham ta’sir qilishi mumkin".

 

Pfizer'ning pandemiya yana bir yoki ikki yil davom etishi haqidagi bayonoti, Yevropaning ko‘plab mamlakatlari Omikron shtammi tufayli yangi to‘lqinga duch kelgan va uni oldini olish choralari ko‘rilayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"