Jahon

Rossiya rasman "Ochiq osmon shartnomasi"dan chiqdi

Iyun oyida Moskva shartnomadan chiqishga tayyorlanayotgani haqida maʼlum qilgan.

Rossiya rasman "Ochiq osmon shartnomasi"dan chiqdi

 

Rossiya Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnoma ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar ro‘yxatidan rasman chiqdi. Tegishli qaror 18 dekabr, shanba kuni kuchga kirdi.

 

Iyun oyida Rossiya kelishuvning depozitariylariga - Vengriya va Kanadaga shartnomada chiqishga tayyorlanayotgani haqida bildirishnoma yubordi, deya taʼkidladi Rossiya TIV. 

 

Rossiya tomoni ushbu davlatlar poytaxtlaridagi elchixonalari va BMTning Venadagi maslahat komissiyasidagi delegatsiyalari orqali kelishuvning qolgan tomonlarini ham ogohlantirdi.

 

Ochiq osmon shartnomasi 1992 yil 24 martda Xelsinkida assotsiatsiyaga aʼzo 27 davlat tomonidan imzolangan bo‘lib, ratifikatsiya qilish muddati 2001 yil 26 martda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan tegishli qonun imzolanganidan keyin yakunlandi. Keyinchalik, 2002 yil 1 yanvarda shartnoma kuchga kirdi.

 

Bitimning maqsadlari harbiy faoliyatning yana-da ochiqligi va shaffofligini oshirish, shuningdek, ishonch va barqarorlikni mustahkamlash choralari orqali xavfsizlikni mustahkamlashdan iborat edi. Imzolovchi davlatlar kelishuv bo‘yicha boshqa tomonlarga foto va video suratga olishdan foydalangan holda o‘z hududlarida kuzatuv parvozlarini amalga oshirishga ruxsat berishga kelishib olishgan.

 

Maʼlumot uchun: Qo‘shma Shtatlar 2020 yil noyabr oyida Rossiyani uni buzganlikda ayblab, shartnomada chiqishini eʼlon qildi. Moskva Vashingtonning daʼvolarini rad etdi va shartnomaning buzilishi uchun barcha javobgarlikni AQSH zimmasiga yukladi. Bitim ishtirokchi davlatlarga harbiy harakatlarni nazorat qilish uchun faqat qisqa muddatli ogohlantirish asosida bir-birining hududlari ustidan parvoz qilish imkonini berdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda Rossiya rahbari Vladimr Putinni prezident sifatida tan olmaslik taklif qilingan edi. 

 

custom img

Olimlar yer aholisi ikki baravarga qisqartirishni taklif qildi

Tadqiqotchilar fikricha, tabiiy resurslar tanqisligining oldini olish uchun 2200-yilgacha dunyo aholisini bosqichma-bosqich kamaytirish zarur.

custom img

Rossiyaning Kiyevga hujumlari oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Kiyev viloyatidagi hujumlarda Brovari, Bucha va Fastiv tumanlari eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar sifatida qayd etildi.

custom img

Eron bilan muzokaralar yaxshi o‘tdi — Tramp

AQSH prezidenti muzokaralar natijalari 48 soat ichida ma’lum bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Hamas qurolsizlantirilmaguncha Isroil G‘azoni tark etmaydi — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri G‘azodagi Isroil harbiylari mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq olganini aytdi.

custom img

Ukraina nega WB'ga zarba bermoqda?

Ukraina Rossiyaning “Wildberries” omboriga ketma-ket bir necha bor zarba bergani haqida internetda tarqalgan video va xabarlarga ko‘zingiz  tushgan bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, nega Ukraina bu yerga zarba bermoqda?

custom img

Qatar AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralarda siljish borligini bildirdi

Qatar, Pokiston va Ummon AQSH hamda Eron o‘rtasida takliflar almashinuvi va muzokaralarni yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda.

custom img

Qozog‘istonda xorijliklar uchun pullik elektron kirish ruxsatnomasi joriy etilishi mumkin

To‘lovlar raqamli infratuzilmani rivojlantirish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

custom img

Qirg‘izistonda odam jasadini kuydirish taqiqlandi

Krematoriylardan faqat tibbiy biologik chiqindilarni yo‘q qilish maqsadida foydalanishga ruxsat etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"