Jahon

Xitoyning eng keksa ayoli vafot etdi

U 135 yoshda bo‘lgan.

Xitoyning eng keksa ayoli  vafot etdi

 

Xitoyning eng keksa fuqarosi Alimixan Seyti 135 yoshida vafot etdi. Ayolning o‘limi haqida "Sinxua" axborot agentligi xabar berdi. 

 

Alimixon Seyt 1886 yil 25 iyunda tug‘ilgan. U Xitoyda eng ko‘p umr ko‘ruvchi ayol sifatida shuhrat qozongan. Ayol uchun har yili bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilgan. Imtiyozlar va individual dori-darmonlar berilgan. Har oyda davlat tomonidan ajratilgan maʼlum miqdorda mablag‘ olgan. Ayol juda oddiy hayot kechirgan va deyarli alohida ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘lmagan. Ayol shu yoshida ham g‘ayratli aa mehnatsevar bo‘lgan.

 

Taʼkidlanishicha, ayolning ishtahasi ham zo‘r bo‘lgan, u har kuni turli taomlarni tanovul qilishni yaxshi ko‘rgan. O‘zi ham bemalol shirin taomlar tayyorlay olgan.

 

Nabirasining so‘zlariga ko‘ra ayol hovlisida qo‘shiq aytishni va quyoshda toblanishni yaxshi ko‘rgan. Har doim quvnoq bo‘lgan, ko‘p kulgan. Sog‘lom turmush tarziga amal qilgan.

 

Avvalroq, Sankt -Peterburgning eng keksa aktrisasi vafot etgani hamda 106 yoshli keksa ayol koronavirusning “delta” shtammidan tuzalgani haqida xabar berilgandi. 

 

 

Munojat Valiyeva

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Xitoyning eng keksa ayoli vafot etdi | Zamon.uz