O'zbekiston

"Iyman textile"da kelajak uchun yangi rejalar yaratilmoqda

Qashqadaryo viloyatida OAV xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.

"Iyman textile"da kelajak uchun yangi rejalar yaratilmoqda

 

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun Qashqadaryo viloyatining ayrim ishlab chiqarish korxonalarida press-turlar tashkil etildi. Xususan, OAV xodimlari Qarshi tumanida joylashgan "Iyman textile" tikuvchilik majmuasi bilan yaqindan tanishdi.

 

- Mazkur korxonamizning ochilganiga atigi bir oy bo‘ldi, - deydi "Iyman textile" tikuvchilik majmuasi direktori Arsen Bitiktash. Bugungi kunda ishlab chiqarish zonamizda 55 nafarga yaqin ayollarimizni ish bilan ta’minlaganmiz. Korxonamizda asosan talabga qarab mahsulot tayyorlashga harakat qilmoqdamiz. Endi faoliyat boshlaganimizga qaramay 6 oydan so‘ng mahsulotlarimizni Rossiya va Belorussiya davlatlariga eksport qilish rejalarimiz bor. Tikuvchilik majmuamizda ishchilarimizning oyligi 900 ming so‘mdan boshlanadi. Biroq kelgusida bu borada ham ko‘rsatkichlarimizni oshirish niyatimiz bor. Ishxonamizdagi mashinalar Turkiya davlatidan keltirilgan. Ularning umumiy soni 30-35 tani tashkil etadi. Kelgusi yillarda faoliyatimizga qarab eksport hajmiga bor e’tiborimizni qaratmoqchimiz.

 

- Men ushbu tikuvchilik majmuasi ochilganidan beri ishchi xodim bo‘lib ishlab kelmoqdaman. Ish joyimizda shart-sharoitlar a’lo darajada. Ikki mahal ovqat berishadi. Har kuni ishxonamizning maxsus avtobusi bizni uyimizdan olib keladi va kechga yana olib borib qo‘yadi. Hozirda 1 million 500 ming so‘m oylik olaman. Maoshim oilamning ayrim kamchiliklarini yopishga yetib turibdi. Keyinroq ish hajmi oshirilganidan so‘ng oyliklarimiz ham oshishi mumkin. Bajaradigan yumushimiz ham uncha qiyin emas. Biz mahsulotning oxirgi qismiga ishlov beramiz. Keyin tayyor holatga keltirish uchun dazmollashga yuboriladi, - deydi shu yerda ishlayotgan xodimlardan biri Azimova Sohiba.

 

Jamshidbek Amirov

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Iyman textile"da kelajak uchun yangi rejalar yaratilmoqda | Zamon.uz