Marg‘ilonda “Nexia-3” xatlanishi hisobiga qarz undirildi
Bu haqda MIBning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpulatov Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

Fuqaro A.Tursunboyev "Kapitalbank"dan maʼlum miqdorda kredit olgan. Ammo baʼzi shaxsiy sabablarga ko‘ra fuqaro kreditni o‘z vaqtida qaytarolmagan. Shundan so‘ng "Kapitalbank" A.Tursunboyevni sudga bergan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 15.12.2021 yil kungi sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.Tursunboyevdan “Kapitalbank” foydasiga 69.515.447 so‘m kredit qarzi 2.780.618 so‘m davlat boji undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi. 16.12.2021 yil kuni qarzdor A.Tursunboyevga tegishli bo‘lgan “Nexia-3” avtotransport xatlanib jarima maydonchasiga olib kirildi.
Davlat ijrochisi tomonidan mazkur avtotransport vositasini baholash va elektron onlayn-auksion savdolariga qo‘yish choralarini ko‘rayotgan vaqtida 20.12.2021 yilda qarzdor A.Tursunboyev "Kapitalbank" foydasiga 69.515.447 so‘m kredit qarzini, davlatga 2.780.618 so‘m davlat bojini to‘lab qo‘yganligi sababli, avtotransport vositasi xatlovdan chiqarildi va ijro ishi amalda yakunlandi.
Munojat Valiyeva







