Jahon

Shotlandiya parlamenti o‘tmishda qatl qilingan jodugarlar uchun amnistiya kiritmoqchi

Qonun loyihasi tashabbusi Shotlandiya jodugarlar uyushmasi taʼsirida boshlandi.

Shotlandiya parlamenti o‘tmishda qatl qilingan jodugarlar uchun amnistiya kiritmoqchi

 

Amnistiya 16-18 asrlarda jodugarlik uchun qatl etilgan to‘rt ming ayolga nisbatan qo‘llaniladi. Bu haqida Shotlandiyaning birinchi vaziri Nikola Sturjyon partiyasidan deputat Natali Don Facebook‘da maʼlum qilgan.

 

“Bu ayollarning ko‘pchiligi og‘ir sharoitlarda qatl etilgan. Afsuski zamonaviy jamiyatda ham hali hanuz ularni jinoyatchi deb bilishadi. Bu adolatsizlikni tuzatish zarur. O‘shanda jabr ko‘rganlarni amnistiya qilish lozim”, - deb yozadi u ijtimoiy tarmoqda.

 

Shuningdek, Natali Donning yozishicha, uzoq o‘tmishda jodugarlarning jinoyatchi deb ayblanishi zamonaviy jamiyatda ilgari surilayotgan Gender tengligiga putur yetkazadi. Bu tarixiy xatoning tuzatilishi esa Shotlandiya jamiyatida patriarxal qarashlarda o‘zgarish yuz berishiga yordam beradi.

 

Amnistiya to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqlatishga erishgan Shotlandiya jodugarlari jamiyati faqat shu bilangina qanoatlanmoqchi emas. Ularning talabiga ko‘ra, rasmiylar ham rasman tarixdagi bu xató uchun uzr so‘rashi shart. Bundan tashqari, ular tomonidan o‘ldirilgan jodugarlarga haykal o‘rnatish talabi ham ilgari surilmoqda.

 

Avvalroq Kongo aholisi “jodugarlik”da ayblangan sakkiz ayolni yoqib yuborgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"