Jahon

Ukrainada 11 yoshli qiz o‘gay otasidan farzand ko‘rdi

Qiz va uning onasi chaqaloqqa o‘gay otaning ismini qo'ydi.

Ukrainada 11 yoshli qiz o‘gay otasidan farzand ko‘rdi

 

11 yoshli qiz 46 yoshli o‘gay otasidan farzandli bo‘ldi. Aytishlaricha, u o‘g‘il farzandini bir oy avval dunyoga keltirgan. Bu haqda hech kimga maʼlum qilmagan. 

 

Ayni damda chaqaloq juda nimjon. Bir oydan buyon jonlantirish bo‘limida. Sof og‘irligi 2,5 kilogramm, bo‘yi 49 santimetr. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloq kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Biroq bolaning holatidan kelib chiqib jonlantirish bo‘limida qolish tavsiyasi berilgan.

 

11 yoshli qiz Bayankaga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Shu sababli yuqumli kasalliklar bo‘limiga o‘tkazilgan.

 

Bayanka bilan jinsiy aloqada bo‘lgan o‘gay ota ayni damda uy qamog‘ida. Qiz va uning onasi chaqaloqqa o‘gay otaning ismini qo'ydi.  Bayanka farzandini onasi bilan birga tarbiyalamoqchi ekanini aytgan.

 

"Bu men uchun juda og‘ir. Ammo men uni o‘zim tarbiyalamoqchiman. Uning uxlayotganini tomosha qilishni xohlayman. U uchun hamma narsani muhayyo qilishni xohlayman, lekin bir o‘zim qila olmayman", — deydi.

 

Byanka o‘zi o‘qigan maktabga qaytmoqchi emas. Kichkina Aleksandrni bir hafta ichida uyga ketishga ruxsat berish mumkinligi aytilmoqda. Ammo 11 yoshli onaga chaqaloqni olib ketishga ruxsat beriladimi yoki yo‘qmi buni Bolalar xizmati hal qiladi.

 

"Mening tajribamda bu yoshda ona bo‘lish holati kuzatilmagan. 12, 14 yoshda farzandli bo‘lganlani eshitganman. Lekin Bayanka hali 11 ham to‘liq to‘lmagan. Bu, aslida, noyob holat", — deydi akusher Vladimir Sagarda.

 

Dastlab, Byankaning onasi Rita, qizi 14 yoshli bola bilan uchrashib yurgani va bola uning farzandi ekanligini aytgan. Ammo keyinroq Rita chaqaloq uning o‘z eridan ekanligini eshitib, u bilan munosabatlarni uzgan.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Munojat Valiyeva

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

Ukrainada 11 yoshli qiz o‘gay otasidan farzand ko‘rdi | Zamon.uz