O'zbekiston

“Kosmonavtlar” metro bekatida poyezd vagoni yondimi?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Kosmonavtlar” metro bekatida kuchli yong‘in chiqqani haqida video tarqaldi.

“Kosmonavtlar” metro bekatida poyezd vagoni yondimi?

 

Aslida voqea qanday bo‘lgan?

 

Toshkent shahar FVB matbuot xizmati rahbari Anvar Rustamovning aytishicha , bugun, 23 dekabr kuni soat 12:15 da Shayxontoxur tumani “Kosmonavtlar” metro bekatida harakatlanib ketayotgan 4 ta vagondan iborat tarkibning 3-vagonida qisqa tutashuv bo‘lgan. Bunga sabab vagon saqlagich (predoxranitel) kuygani yoki tormoz kolodkasi siqib qolgani taxmin qilinmoqda. Yong‘in kelib chiqmagan. Nosoz vagon — taʼmirlash uchun DEPOga yuborilgan.

 

Toshkent metropoliteni DUK xabarida esa 12:10 lar atrofida “Kosmonavtlar” metro bekatida 34-sonli harakat tarkibida mashinist tomonidan nosozlik aniqlandi, deyiladi va yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

 

Shuningdek, fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Voqea joyiga shahar hamda tuman FVB rahbar xodimlari va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan.

 

Avvalroq Toshkent metrosining “Sergeli” yo‘nalishida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgani hamda Rossiyadan O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy metro vagonlari yuborilgani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Kosmonavtlar” metro bekatida poyezd vagoni yondimi? | Zamon.uz