Jahon

Saratovda onasi ko'chaga haydab yuborgan aka-singillar qorda muzlab qoldi

Bolalardan biri sovuqqa dosh berolmay halok bo‘lgan.

Saratovda onasi ko'chaga haydab yuborgan aka-singillar qorda muzlab qoldi

 

Saratov viloyati Prokudino qishlog‘ining mahalliy aholisi qor bilan qoplangan jardan yupun kiyimda hushsiz yotgan ikki bolani topib olib, tez yordam chaqirgan.

 

Viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar sakkiz yoshli bolaning sovuq qotishdan halok bo‘lgan jasadi va besh yoshli singlisini o‘ta og‘ir holatda jonlantirish bo‘limiga olib ketgan.

 

Voqea joyiga politsiya va tergov bo‘limi yetib kelgan. Bolalar yupun kiyimda qanday qilib ko‘chada qolgani o‘rganilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

 

Voqeadan olti soat o‘tib, bolalarning onasi qo‘lga olingan. Ichki ishlar vazirligi viloyat bosh boshqarmasining aniqlik kiritishicha, ayol Engels shahrida bo‘lgan. Ayol politsiya xodimlariga bolalarni o‘zi ko‘chaga haydab chiqarganini tan olgan.

 

"Men o‘zim ularni uydan haydab chiqardim, chunki men ularning kelajagini ko‘rmadim", degan ayol tergov jarayonida. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bunday qarorga bir necha oydan beri eri bilan davom etayotgan ajrashish jarayonlari sabab bo‘lganini bildirgan. Eri bilan birgalikda ular bolalarning kim bilan qolishlari haqida kelisha olmagan.

 

Viloyat rahbari Valeriy Radayev aybdorlar munosib jazolanishini taʼkidlagan.

 

Munojat Valiyeva

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Saratovda onasi ko'chaga haydab yuborgan aka-singillar qorda muzlab qoldi | Zamon.uz