O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev bugun Qashqadaryoga tashrif buyuradi

Viloyatda sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev bugun Qashqadaryoga tashrif buyuradi

 

Bu yerda yiliga umumiy qiymati 1 milliard AQSH dollar yoki 12,8 trillion so‘mdan ortiq import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xomashyolari ishlab chiqariladi.

 

UzGTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasi yaratilishida Sasol (Janubiy Afrika), Haldor Topsøe (Daniya), Chevron (AQSH) va Honeywell kabi yetakchi kompaniyalarning ilg‘or texnologik yechimlaridan foydalanildi.

 

UzGTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish majmuasida yiliga 3,6 milliard kub metr gaz qayta ishlanadi, undan yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli va ekologik toza sintetik yoqilg‘i, jumladan, 307 ming tonna kerosin, 724 ming tonna sintetik dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gaz kabi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.

 

Yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan UzGTL mahsulotlari birinchi navbatda, respublikaning neft mahsulotlariga, xususan, dizel yoqilg‘isi va kerosinga, shuningdek, suyultirilgan gazga bo‘lgan ichki ehtiyojini qoplash uchun yetkazib beriladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifatli bo‘lgani uchun eksport qilish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Shavkat Mirziyoyev bugun Qashqadaryoga tashrif buyuradi | Zamon.uz