O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimida ishtirok etdi

Bu yerda tabiiy gaz 3 barobar yuqori qiymatli tayyor mahsulotlarga aylantiriladi.

Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimida ishtirok etdi

 

Bugun, 25-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimi bo‘ldi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

 

- Bugun, Yangi yil arafasida ushbu qutlug‘ vohada mamlakatimiz sanoatida yana bir yorqin sahifa ochayotgan tarixiy voqeaga guvoh bo‘lish barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Bunday ulkan majmuaning qurilishi keyingi yillarda sanoat rivojini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirayotgan siyosatimiz natijasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi, - dedi davlatimiz rahbari.

 

Ushbu zavod mamlakatimizda va umuman mintaqamizda neft-gaz-kimyo sanoati sohasidagi eng yirik korxonadir. Majmuada yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.

 

Ushbu mahsulotlar hisobiga, yiliga 500 million dollarlik import o‘rni qoplanadi, 200 million dollarlik eksport va 2 trillion so‘mlik soliq tushumlari ta’minlanadi.

 

Prezidentimiz bugungi kunda butun dunyo “yashil iqtisodiyot”ga o‘tayotgani, savdo-sotiqda shu borada talablar qo‘yayotganini qayd etdi. “Uzbekistan GTL” mahsulotlari esa jahondagi eng yuqori ekologik talablar va standartlarga to‘liq javob beradi. Bu yerda tayyorlanadigan sintetik yoqilg‘i an’anaviy yoqilg‘ilarga nisbatan 40 foiz kam chiqindi va zararli gaz hosil qiladi. Buning hisobidan, yiliga 13 ming 500 tonna zararli gazlarning havoga tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Marosim doirasida yana bir korxona - Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini 3 barobarga kengaytirish bo‘yicha loyiha qurilishiga ham start berildi.

 

Bu loyihaning qiymati 1 milliard 800 million dollar bo‘lib, Uzbekistan GTL zavodi yonida quriladi. Unda 430 ming tonna naftani qayta ishlash hisobiga yiliga 280 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen tayyorlanadi. Yana mingga yaqin ish o‘rni ochiladi.

 

Shu tariqa, Sho‘rtanda yurtimizdagi birinchi yirik gaz-kimyo klasteriga asos solinadi. Bu klasterda mahsulot ishlab chiqarish hajmi hozirgi 290 million dollardan 2025-yilda 1,8 milliard dollarga yetkaziladi. Ya’ni, 6 barobarga oshadi.

 

Ushbu klaster tizimidagi korxonalar 1 dollarlik xom ashyodan 10 dollarlik yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar yaratadi.

 

Ikki yangi majmua nafaqat o‘zining mahsuloti orqali, balki boshqa sanoat sohalarida 100 million dollarlik butlovchi va ehtiyot qismlar uchun bozor shakllantiradi.

 

Davlatimiz rahbari yangi korxona qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

 

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safarini yakunlab, Toshkent shahriga qaytib keldi.

 

 

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"