O'zbekiston

To‘lab berilmagan maoshning badali "Temir daftar" chekiga tushdi

Chilonzor tumanidagi mahallalar kesimida ishlayotgan mehnat inspektorlari bir necha oydan buyon oylik maoshini ololmayapti.

To‘lab berilmagan maoshning badali "Temir daftar" chekiga tushdi

Bu haqda Zamon.uz'ga murojaat kelib tushdi.

Murojaatchilardan biri Maʼmura Rahimova joriy yilning aprel oyida “Do‘mbirobod” mahallasiga mehnat inspektori yordamchisi lavozimiga ishga kirgan. Hozirda ham shu lavozimda.

— Biz mahallada ishsiz fuqarolarni ish bilan band qilingan yoki qilinmaganini nazorat qilamiz. Bundan tashqari, mahalladan beriladigan yordam pullari va oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishda yordam berganmiz. Muammolarni o‘rganganmiz. Ertalabdan kechgacha tik oyoqda u ko‘chadan bu ko‘chaga yurish — bu oson ish emas. Men, hattoki, ajrashgan oilalarni, qaynona-kelin orasida kelib chiqqan nizolarni ijobiy hal etishda ham faol bo‘lganman. Arzimagan 1 million 200 ming so‘m oylik vaʼda qilishgan. Shuni ham o‘z vaqtida berishmayapti. Axir meni ham yosh bolalarim bor.

Ishga kirayotganingizda tashkilot bilan shartnoma tuzilganmi?

—Yo‘q, meni qo‘limga shartnoma berishmagan. ishlayveringlar, oylik olasizlar deyishgan. Aprel, may iyun, oylaridagi maoshlarimizni oldik. Biroq iyul oyidan esa maoshimizni berishmadi. Oktyabrda ishdan bo‘shatilganimni aytishdi. Ishlab bergan uch oydagi ish haqqimni so‘rasam ular oylik yo‘qligini, bu lavozimga oylik berilmasligini aytishdi. Keyinroq surishtirsam ular bizni hech qanday hujjatlarsiz ishga olgan ekan.

 

Bandlikka ko‘maklashish markaziga murojaat qildingizmi?

—Bordim, ammo kadrlar bo‘shab ketgan. Yangi xodimlardan esa tayinli javob ololmadim. Mahalla raisiga ham bir necha bor murojaat qildim. Rais tez orada muammo hal bo‘lishini, hozirda bu ish bilan prokuratura shug‘ullanayotganini aytishdi. Hozirda ishsizman. Yaqinda mahalla raisi qo‘ng‘iroq qilib, "Temir daftar"ga kiritilganim va bir martalik (800 ming) moddiy yordam berilishini aytdi. Axir bu adolatdan emasku.

 

— Men bir necha bor Chilonzor mehnat bandligiga bordim, — deydi Chilonzor tumanidagi “Katta do‘mbirobod” mahallasi mehnat inspektori Umida Ahmedova. — Hoziirgi rahbar Elmurod Xidirovga uchrashdim. Ular menga sentyabr oyida barcha qarzlarni yopib berishni vaʼda qildi. Lekin mana, dekabr oyi yakunlanayotganiga qaramay oylikdan darak yo‘q. Ularning aytishicha, markazga kam mablag‘ ajratilgan emish. Shu sabab pul yetmay qolganini vaj qilishdi. Hamma viloyatning puli bir yerga tushar ekan. Aksariyat pullarni viloyatlar olmayotgani sabab bizga yetmay qolayotganini aytdi. 15 oktyabrda bizni chaqirishib, 1 oktyabrdan hammamiz bo‘shatishganini maʼlum qilishdi. So‘ng qayta noyabr va dekabr oylariga, yaʼni ikki oyga shartnoma tuzilib bizni qayta ishga olishdi. Avvalgi oylarda shartnoma tuzilmagandi. 1 dekabrdan yana bo‘shatishdi. Lekin hali ariza yozmaganmiz. Hozir uydaman. Kuni kecha yanvar oyining boshidan ishga olamiz, deyishdi.

Voqeani Chilonzor tuman bandlikka ko‘maklashish markazi migratsiya mutaxassisi Zoyir Abdullayev shunday izohladi: — Men yangi xodimman. Shu sabab bo‘lib o‘tgan ishlardan xabarim yo‘q. Kelganimda bu ish bilan prokuratura o‘rganayotgandi. Xulosasi hokimiyatga berilgan.

“Do‘mbirobod” MFY raisi Shavkat Majidov esa bu ishlarning barchasidan xabardorligini tasdiqladi.

— Uch oydan beri maoshini olisholmaydi. Haqiqatda bular ishlagan, yordam bergan. Biz tuman hokimiga ariza bilan murojaat qilganmiz. Hozir bu masala ko‘rilyapti. Tez orada oyliklarini berish aytilyapti. Men bu ishni shunchaki tashlab qo‘ymayman. Albatta, oxirigacha boraman.

O‘rganishlar davomi murojaatchilar Chilonzor tuman prokuraturasiga deb yozilgan arizani Bandlikka ko‘maklashishi markazi inspektorlariga tashlab ketishgan. Shu bois, huquqiy bilimsizlik tufayli o‘zlarini o‘zlari sarson bo‘lishga sabab bo‘lgan. Biroq shunga qaramay, hokimiyat tomonidan murojaatchilarning maoshi to‘lab berilishi vada qilindi.

 

Munojat Valiyeva

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

To‘lab berilmagan maoshning badali "Temir daftar" chekiga tushdi | Zamon.uz