O'zbekiston

Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida Mehribonlik uylari yopildi

Shu bilan faoliyati to‘xtatilgan tashkilotlar soni 8 taga yetdi.

Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida Mehribonlik uylari yopildi

 

Dastlab Namangan, Navoiy, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Mehribonlik uylari yopilib, jami 1007 nafar bola o‘z oilasiga ega bo‘ldi. Ular “Oilaviy” bolalar uyiga qabul qilinmoqda yoki o‘z qarindoshlari tomonidan vasiylikka olinmoqda.

 

Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan ham Mehribonlik uylari yopilib, faoliyati to‘xtatilgan tashkilotlar soni 8 taga yetdi.

 

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “Oilaviy” bolalar uyini tashkil qilish istagini bildirgan 35 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimiz o‘z hududidagi Xalq taʼlimi bo‘limi va vasiylik kengashlariga murojaat qilishi kerak. Ular fuqaroning sharoitlarini belgilangan talab asosida o‘rganib chiqadi. Agar “Oilaviy” bolalar uyi tashkil qilmoqchi bo‘lgan fuqaro ko‘rsatilgan barcha talablarga mos deb topiladigan bo‘lsa, unga eng kami besh nafardan o‘n ikki nafargacha bola beriladi. Bu bolalar uchun qonunda belgilangan barcha imtiyozlar joriy etiladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida Mehribonlik uylari yopildi | Zamon.uz